Isroil kuchlari G‘azo sektoridagi XAMASning ikki razvedka qo‘mondoni va radikal tashkilotning Nuhba bo‘linmasi qo‘mondonini o‘ldirdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot kotibi bu haqda e’lon qildi.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoga qilingan zarbalar natijasida 7 oktyabrdagi hujumlarda ishtirok etgan Nuhba bo‘linmasi boshlig‘i Muhannad Asaad Mahmud Abu G‘azal, HAMAS havo kuchlari operasion razvedkasi boshlig‘i Rayed al-Hani Muhammad va G‘azo brigadasi harbiy razvedka bo‘limi boshlig‘i Nabhan Muhammad Nabhan al-Amsi halok bo‘lgan.
"Yaqinda jangarilar Isroil armiyasi kuchlari va Isroil fuqarolariga qarshi terroristik hujumlarni rejalashtirishgan. Terrorchilar tahdidni bartaraf etishga qaratilgan aniq havo hujumlarida o‘ldirildi", deb ma’lum qildi Isroil armiyasi.