Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil armiyasi Eron bilan bog‘liq kutilmagan ssenariylarga tayyor ekanini bildirdi

Isroil armiyasi Eron bilan bog‘liq kutilmagan ssenariylarga tayyor ekanini bildirdi

Isroil armiyasi Erondagi namoyishlar fondida har qanday «kutilmagan ssenariy»ga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi rasmiy vakili, brigad generali Efi Defrin X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

«Armiya himoyaga tayyor va kutilmagan ssenariylarga doimiy tayyorlik holatida», — dedi general.

U Erondagi namoyishlarni Islom Respublikasining ichki ishi deb baholagan. Defrin ommaga ma’lum qilib, tasdiqlanmagan manbalarga ishonishdan tiyilishni so‘ragan: «So‘nggi kunlarda Erondagi vaziyat ortidan ko‘p gap-so‘zlar tarqaldi. Biz vaziyatni muntazam baholashda davom etamiz va o‘zgarishlar bo‘lsa xabar beramiz. Mish-mishlarga ishonmang» - dedi Defrin.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!