Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i arab hamkasblari bilan hamkorlikni muhokama qildi

A A A
Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i arab hamkasblari bilan hamkorlikni muhokama qildi



✅Bu hafta Isroil armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Gersi Halevi Bahraynda bir qancha arab davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uchrashdi. Bu haqda Amerikaning Axios yangiliklar portali xabar berdi.

📲Uchrashuvdan bevosita xabardor bo‘lgan ikki manbaning Axios nashriga ma’lum qilishicha, tomonlar mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishgan.

⬇️Ta’kidlanishicha, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari shafeligida o‘tkazilgan yig‘ilish G‘azodagi urush atrofidagi mintaqaviy siyosiy sezgirlik tufayli ommaga oshkor etilmagan.

«Uchrashuv Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi harbiy muloqot va hamkorlikning G‘azo sektoridagi Isroil harbiy amaliyotlari keskin jamoatchilik tanqidiga va qoralanishiga qaramay, CENTCOM doirasida davom etayotganiga ishora qildi.»
- ta’kidlanadi Axios maqolasida.

Kiritildi: 11:22 14.06.2024. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!