Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil AQSh respublikachilari orasida obro‘sini yo‘qotmoqda va Kongressga avvalgidek ta’sir ko‘rsatmayapti — Donald Tramp

A A A
 Isroil AQSh respublikachilari orasida obro‘sini yo‘qotmoqda va Kongressga avvalgidek ta’sir ko‘rsatmayapti — Donald Tramp

AQSh prezident bu haqda Daily Celler nashriga bergan intervyusida aytdi.

"15 yillar avvalga holatga nazar tashlasangiz Isroil Kongressda men ko‘rgan barcha kompaniyalar, korporasiyalar yoki davlatlar orasida eng kuchli lobbiga ega edi. Isroil lobbisi eng qudratlisi edi. Bugun uning bunday kuchli lobbisi yo‘q. Bu hayratlanarli. Ular Kongress ustidan to‘liq nazoratga ega edi, endi esa yo‘q, bilasizmi, men bundan biroz hayronman", — dedi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.

Shu bilan birga, Tramp Isroilning dunyodagi qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotishining sabablaridan birini G‘azo sektoridagi urush deb atadi.

"Bu urush Isroilga katta zarar yetkazmoqda. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Ehtimol, ular urushda g‘alaba qozonayotgandir, lekin ular jamoatchilik bilan aloqalar dunyosida g‘alaba qozonmayapti, tushunasizmi va bu ularga zarar keltirmoqda", deya qo‘shimcha qildi prezident.

Kiritildi: 15:10 03.09.2025. O'qildi: 1145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!