Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil AQSh bilan birgalikda Eronning yadroviy va harbiy infratuzilmasini yo‘q qildi — Netanyaxu

Isroil AQSh bilan birgalikda Eronning yadroviy va harbiy infratuzilmasini yo‘q qildi — Netanyaxu


"​Isroil AQSh bilan hamkorlikda Eronga qarshi o‘tkazilgan harbiy amaliyot davomida ushbu mamlakatning yadroviy va harbiy infratuzilmasini yo‘q qilib, shuningdek, mamlakat rahbariyatini jilovlab (rahbarlarini yo‘q qilib), Eron tomonidan kelayotgan yadroviy tahdidning oldini oldi", — deb bayonot berdi bosh vazir Binyamin Netanyaxu matbuot anjumanida.

​Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil AQSh bilan birgalikda eng yirik hujumkor havo amaliyotini amalga oshirgan va yadro dasturi olimlarini zararsizlantirgan, Eron rahbariyatini yo‘q qilgan, yadroviy ob’ektlarni, raketalarni va ularni ishlab chiqaradigan zavodlarni vayron qilgan, shuningdek, harbiy infratuzilmaga zarbalar berib, Eron floti va harbiy havo kuchlarini yo‘q qilgan, “Basij” qo‘mondonlarini zararsizlantirib, Eron iqtisodiyotiga “ulkan zarar” yetkazgan.

​Netanyaxu Eron “yadro quroli sari shiddat bilan intilayotgan” bo‘lganini hamda, endilikda o‘zining raketa va yadro sanoatini shoshilinch ravishda yer ostiga yashirayotganini aytdi.

Bosh vazir kurash hali tugamaganini va Isroil Eron hamda uning G‘azo, Livan, Suriya va Yamanda qo‘llab-quvvatlayotgan guruhlariga nisbatan hushyorlikni saqlashi kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 20:35. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!