Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil 7 oktyabrdan beri 640 nafar bolani hibsga oldi

Isroil 7 oktyabrdan beri 640 nafar bolani hibsga oldi



Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri kamida 640 nafar bola hibsga olingan, ulardan ba’zilari qo‘yib yuborilgan, ba’zilari esa hamon hibsda. Bu haqda Falastin asirlari uyushmasi xabar berdi.

Bayonotda, Isroil qamoqxonalaridagi 250 ga yaqin bolaning qiynoqqa solingani, G‘azo sektorida qo‘lga olingan bir guruh bolalarning Isroil shimolidagi qamoqxonada saqlanganligi bildirildi.

Qayd etilishicha, 16 iyun kuni isroillik kuchlari Ramallohda reydlar chog‘ida 7 yoshli bolani qo‘lga olgan, shundan so‘ng bir necha soatdan keyin bola qo‘yib yuborilgan.

Kiritildi: 21:52 19.06.2024. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!