Ulardan biri, 37 yoshli erkak, tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan, ikkinchisi esa otlarni qutqarish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.
Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar: Kastiliya va Leon, Galisiya, Valensiya va Estremadura. Yevropa o‘rmon yong‘inlari axborot tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan beri Ispaniyada 148 ming gektardan ziyod maydon yonib ketgan — bu Germaniyaning Gamburg shahri maydonidan ikki barobar katta.
🔹 10 mingdan ortiq odam evakuasiya qilingan
🔹 4000 nafardan ziyod odam — o‘t o‘chiruvchilar, askarlar va ixtiyorchilar — 38°Cdan yuqori issiqlikda yong‘in bilan kurashmoqda
Oxirgi kunlarda, Ispaniya polisiyasi podjogda gumon qilingan to‘rt kishini hibsga oldi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri 2200 gektar o‘rmonni yondirgan yong‘inga sababchi bo‘lgan. Ammo hozircha ularning motivlari noma’lum.
🇪🇸 Ispaniya Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi. 🇫🇷 Fransiya tezda javob qaytarib, chegara orqali yong‘inni o‘chirish uchun ikkita maxsus samolyot yubordi.
Yong‘inlar shuningdek, Yevropaning boshqa davlatlarida ham kuzatilmoqda: Gresiya, Portugaliya, Italiya va Balkandagi davlatlarda.