Ispaniyalik motosikl poygachisi Pedro Akosta Vengriya Gran-prisi mashg‘ulotlari chog‘ida motosikl boshqaruvini yo‘qotib, trassadan chiqib ketdi.
Bu haqda xorijiy OAVlar yozmoqda.
Akostaning motosikli bir necha metrga havoga uchib, minoradagi kameraga borib urilgan. Operator uzoqlashishga va to‘qnashuvdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinroq u "bosh barmog‘ini ko‘tardi" va o‘zining yaxshi ekanligini qayd aytdi.
Motosikl poygalari bo‘yicha 2025 yilgi Vengriya Gran-prisi 22-24 avgust kunlari Balatonfokayar shahridagi Balaton parkida bo‘lib o‘tmoqda.