Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

Evropada bu yilgi qurg‘oqchilik o‘rmon yong‘inlarining avj olishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqinda Fransiya o‘rmonlari olov iskanjasida qolayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Endi Ispaniyada ham havo harorati keskin yuqorilab ketgani ma’lum qilinmoqda. Bu esa mamlakat o‘rmonlariga yong‘in ofati yopirilishiga sabab bo‘lmoqda. Euronews kanali xabar qilishicha, hozirgacha olovli ofat 250 ming gektar ekin maydonini nobud qilgan.

Alikante provinsiyasida yong‘inlarni nazorat ostiga olishning iloji bo‘lmayapti. Ofatni bartaraf qilishga harbiylar ham jalb qilingan.

Val-de-Ebo tumanida yong‘in 3,5 ming gektar o‘rmonni kulga aylantirdi. O‘tgan yakshanba kuni xavfli joylardan 1 ming 200 kishi ko‘chirilgan. Saragosa provinsiyasining Anyon-de-Monkayo tumanidan ham bir yarim ming kishi xavfsiz joyga olib chiqildi.

Yong‘inlar hatto, Yevropaning Buyuk Britaniya kabi sovuqroq hududlariga ham tarqalmoqda. Dushanba kuni Surrey grafligida uy yonib ketdi. Yong‘in o‘chiruvchilar uy hayvonlarini arang qutqarib qolgan.

Kiritildi: 20:22 16.08.2022. O'qildi: 2483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!