Ispaniyaning Sevilya provinsiyasidagi barda yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi, yana biri yaralandi.
Bu haqda EFE nashri xabar bermoqda.
"Shanba kuni tushdan keyin Karmona (Sevilya provinsiyasi) munisipalitetining Los-Netos urbanizasiyasida joylashgan barda sodir bo‘lgan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana biri yaralandi”, deb yozadi nashr.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qurolli ikki kishi barga bostirib kirib, o‘t ochgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumlar muassasa egasi va otishmalarni to‘xtatishga uringan tashrif buyurganlardan biri.
Qayd etilishicha, hujumdan so‘ng ikki erkak shahar tomon qochib ketgan, ularning qayerda ekanligi aniqlanmoqda. Fuqarolik gvardiyasi tergov boshladi.