Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniyada Lamin Yamalning kelajagi bo‘yicha xavotir bildirildi

Ispaniyada Lamin Yamalning kelajagi bo‘yicha xavotir bildirildi

Ispaniyalik sobiq murabbiy, hozirda «Sevilya» klubi faxriy prezidenti lavozimida ishlayotgan Xoakin Kaparros "Barselona" hujumchisi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

Kaparrosning ta’kidlashicha, «Barselona»ning 18 yoshli vingeriga uning atrofidagi muhit salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

«Yamal juda iqtidorli, lekin uning atrofidagilar xavotir uyg‘otadi. Uning shaxsiga juda ko‘p e’tibor va matbuot anjumanlari to‘g‘ri kelmoqda. Haqiqiy yulduzlar — bir mavsum yorqin o‘ynaganlar emas, balki 15–20 yil davomida yuqori darajada qolganlardir. Yamal o‘z atrofiga va qilmishlariga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishi kerak», — deya keltiradi ispan nashrlari Kaparros so‘zlarini.

Lamin Yamalning «Barselona» safidagi ko‘rsatkichlari: 111 o‘yinda 27 gol va 38 golli uzatma.

Kiritildi: 11:37 16.10.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!