Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ispaniya va Portugaliyada elektr ta’minoti to‘xtatildi

Ispaniya va Portugaliyada elektr ta’minoti to‘xtatildi

Ispaniya hududining deyarli yarmida elektr ta’minoti to‘xtatildi, jumladan, Valensiya, Madrid, Barselona va Sevilya elektr ta’minotisiz qoldi. Portugaliyada ham chiroq yo‘q.

Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.

Valensiyada svetoforlar, liftlar, metro va tramvaylar ishlamay qoldi. Shuningdek, shaharda internet va mobil aloqa mavjud emas. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab temir yo‘llarda kuchlanish pasayishi qayd etildi, buning natijasida tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatildi.

Ispaniyaning EFE agentligining aniqlik kiritishicha, mahalliy vaqt bilan soat 12:30 atrofida chiroq o‘chib qolgan. Keng ko‘lamli blekaut nima bilan bog‘liqligi hozircha noma’lum.

Energetika tizimi operatori Red Electrica elektr energiyasini taqsimlovchi kompaniyalar bilan birgalikda elektr ta’minotini tiklash ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 17:46 28.04.2025. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!