Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniya investisiyalar evaziga “oltin viza” berishni to‘xtatdi

Ispaniya investisiyalar evaziga “oltin viza” berishni to‘xtatdi

Qirollik 3 apreldan boshlab davlat qimmatli qog‘ozlariga sarmoya kiritish (2 million yevrodan boshlab), ispan kompaniyalari aksiyalarini sotib olish (1 million yevrodan boshlab) yoki 500 ming yevrodan ortiq qiymatdagi ko‘chmas mulk sotib olish uchun mamlakatda yashash uchun ruxsatnomalar berishni to‘xtatdi.

Ispaniya uy-joy qurilishi va shaharsozlik vaziri Isabel Rodrigesning tushuntirishicha, “oltin viza” berishning bekor qilinishi hozirda mamlakatning ayrim hududlarida yuqori narxlar va takliflarning yetishmasligi tufayli uy-joy sotib ololmayotgan ispaniyaliklarga yordam berishi kerak.

Ispaniya “oltin viza” dasturini to‘xtatish orqali Yevrokomissiya tavsiyalariga amal qilmoqda, deyiladi Ispaniya Uy-joy qurilishi va shaharsozlik vazirligi matbuot xizmati bayonotida.

Avvalroq Irlandiya va Portugaliya ham shunday qarorga kelgan edi.

Kiritildi: 18:40 03.04.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!