"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Ispaniyaning ikki grandi — "Real" va "Barselona" qiziqish doirasida bo‘lib turibdi.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, har ikki klub norvegiyalik futbolchini 2027 yilda o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ispaniya grandlari Xolandning yangi shartnomasida tovon puli bandi mavjud, deb hisoblamoqda. Biroq "Manchester Siti" bunday band borligini rad etyapti.
Shu bilan birga, manba futbolchi va ingliz klubi o‘rtasida alohida tushunish mavjudligini ta’kidlamoqda. Unga ko‘ra, agar Xoland faoliyatida yangi chaqiriqni qabul qilishga qaror qilsa, "Siti" uning ketishiga to‘sqinlik qilmasligi mumkin.
Hozircha esa 26 yoshli hujumchi Manchesterni tark etish istagini bildirmagan. Turli transfer mish-mishlariga qaramay, Xoland "shaharliklar" safida qolishga sodiq ekani qayd etilmoqda.
Joriy mavsumda norvegiyalik forvard barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi.