Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniya chempionati. "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionati. "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozondi

"Barselona" o‘z maydonida La Liga 4-turidan o‘rin olgan bahsda "Valensiya"ni mag‘lub etdi - 6:0.

"Ko‘k-anorranglilar" safida yarim himoyachi Fermin Lopes (29 va 56-daqiqalar), shuningdek, hujumchilar Rafinya (53 va 66-daqiqalar) va Robert Levandovski (76 va 86-daqiqalar) dubl qayd etdi.

"Barselona" 10 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinda, "Valensiya" 4 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Barselona - Valensiya - 6:0

14.09.2025, 23:59, «Estadi Johan Cruyff»

Gollar: Fermin Lopes, 29 (1:0). Rafinya, 53 (2:0). Fermin Lopes, 56 (3:0). Rafinya, 66 (4:0). Levandovski, 76 (5:0). Levandovski, 86 (6:0)

Barselona: X. Garsiya, Martin (Torrents, 74), Kubarsi, E. Garsiya, Kunde, Kasado, Pedri (Bernal, 81), Reshford (Olmo, 68), Fermin Lopes, Bardji (Rafinya, 46), Torres (Levandovski, 68)

Valensiya: Agirresabala, Xose Gayya, Kopete, Diakabi (Korreya, 65), Tarrega, Fulkye, Santamariya, Gerra (Ugrinich, 57), Diyego Lopes (Rioxa, 57), Gruneveld (Ramazani, 57), Duro (Beltran, 77)

Ogohlantirishlar: Diakabi, 41

Kiritildi: 08:03 15.09.2025. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!