Pokiston vositachiligida Islomobodda Eron va AQSh o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarning birinchi kuni yakunlandi.
Bu haqda Islom Respublikasi hukumati matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
Xabarga ko‘ra, muzokaralar 14 soat davom etgan.
"Pokiston vositachiligida Eron va AQSh delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralar 14 soatdan so‘ng yakunlandi. Hozirda ikki tomonning texnik guruhlari ekspert matnlari bilan almashmoqda. Mavjud kelishmovchiliklarga qaramay, muzokara jarayoni davom etadi", deyiladi xabarda.
Tasnim axborot agentligi shuningdek, tomonlar yakshanba kuni Pokistonning muzokaralarni davom ettirish tashabbusini ma’qullaganliklarini xabar qildi.