Islom svilizasiyasi markazida qurilish ishlari 80% bajarilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Markaz direktori Shoazim Minavarov ma’lum qildi:
I. Markaz binosi qurilishi jarayoni, ichki va tashqi bezak ishlari
- Qurilish ishlari 80% bajarilgan;
- Islom sivilizasiyasi markazi qurilish maydoni – 7,02 gektar, binoning o‘lchamlari – 161,0x118,8 metr. Binoning sathi – 19 307,2 m2.
Yer sathidan gumbazning uchigacha balandlik – 64,2 metr. Asosiy portal (Ulug‘bek portali)ning balandligi – 30,6 metr. O‘rta portal balandligi – 28,8 metr, kichik portallar balandligi – 20,4 metr;
- Markaz binosida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining magistratura va doktorantura bo‘limlari uchun 70 ta xona (4 105 m2), O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’muriyati uchun 35 xona (1 730 m2), O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi uchun 21 xona (1 430m2) ajratildi. Kutubxona 36 ta xona 3105 m2. Qabullar zali – 835 m2, Qur’on zali – 1 648 m2, Mavsumiy ko‘rgazmalar zali – 884m2, konferensiyalar zali – 919,7 m2;
- Markaz binosining tashqi tomonidagi portallar va devoriy ravoqlarda foydalaniladigan hikmatli so‘zlardan iborat 123 ta xattotlik yozuvlari chizmalari ishlab chiqilib, ularning 92 tasi binoning fasadiga montaj qilindi;
- Binoning kirish foyesidagi 12 ta devoriy rasmlar mazmuni qayta ko‘rib chiqilib, xalq rassomi A.Aliqulov boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan 6 ta yangi eskizlar tayyorlandi;
- Muzey ekspozisiyasi loyihasida nazarda tutilgan jami 814 ta eksponat, maket va mulyajdan 205 ta eksponat tayyorlandi. 142 ta eksponatga buyurtma berilgan;
- Muzey fondida saqlanayotgan 71 ta tanga restavrasiya qilindi;
- Markaz muzeyining “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” bo‘limi konsepsiyasi asosida 40 ta mavzudan iborat ekspozisiya loyihasi va uning 3D ko‘rinishi yaratildi;
- Qur’on zalida foydalanish uchun Qur’oni karimning 28 ta qadimiy va nodir mushafidan iborat kolleksiyasi shakllantirildi;
- Markaz kutubxona fondi jami 546 916 ta manba (1861 ta qo‘lyozma va toshbosma, 23 316 ta zamonaviy nashr 521 739 ta elektron manba)ga ega. Shu jumladan, 2023 yil 1 yarim yilligida kutubxona fondiga 250 ta qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, 1 960 ta zamonaviy nashr, 5 533 dona elektron manba qabul qilingan;
- O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar uyushmasi federasiyasiga, "Ipak yo‘li xalqaro kutubxonalar alyansi" xalqaro tashkiloti a’zo bo‘ldi, "EvroOsiyo kutubxonalari uyushmasi" bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.
III. Ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil, tarjima va nashr ishlari
- Markazda 32 nafar ilmiy xodim faoliyat olib bormoqda, bular 1 nafar akademik, 4 nafar fan doktori (Dsc), 10 nafar falsafa doktori (Phd), 17 nafar magistrlardan iborat. Hisobot davrida ilmiy xodimlarning respublika va xorijiy jurnallarda 64 ta maqolasi e’lon qilindi;
- Bugungi kunga qadar 76 ta ilmiy-ommabop kitob va adabiyotlar nashr etildi. 2023 yilda 25 ta ilmiy-ommabop kitob va adabiyotlar nashrga tayyorlanmoqda (shundan 13 tasi namunaviy nusxada nashr etildi);
- Hisobot davrida 6 ta axborot-tahliliy material, 4 ta oylik daydjest tayyorlandi va 1 ta ma’ruza, 1 ta konsepsiya ishlab chiqildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda diniy mazmundagi 145 ta material tahlil qilindi va oqimlarga raddiya sifatida 27 ta video rolik tayyorlab berildi.
IV. Islom dini merosini saqlash, manbashunoslik va qo‘lyozmalar bilan ishlash
- Respublika fondlarida saqlanayotgan 52 255 ta qadimiy yozma manbalar (shundan 21 670 ta qo‘lyozma, 30 585 ta toshbosma) bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratildi, 6 mingta yozma manbaning reestri (pasporti) tayyorlandi;
- Markaz tashkilotchi va hamkor sifatida 32 ta xalqaro tadbir
va uchrashuvlarni o‘tkazdi. Xususan, 3 ta taqdimot, 3 ta onlayn uchrashuv, 2 ta xalqaro ko‘rgazmalar, 1 ta seminar, 2 ta davra suhbatlari, 1 ta xalqaro tanlov va 20 ta oflayn uchrashuvlar tashkil qilindi;
- Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Malayziya Islom san’ati muzeyida “O‘zbekiston – Islom sivilizasiyasi markazi” nomli fotoko‘rgazma hamda Markaz taqdimoti tashkil etildi;
- 34 ta media mahsulot (20 ta ko‘rsatuv, 9 ta intervyu, 5 ta videorolik) tayyorlanib, “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston tarixi”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari orqali efirga uzatildi.