Rossiyalik Islom Maxachev UFC 322 musobaqasining markaziy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalena ustidan g‘alaba qozondi.
Maxachev hakamlar qarori bilan g‘alaba qozonib, yarim o‘rta vazn toifasida kamar sohibiga aylandi. U UFC’ning ikki karra chempioniga aylandi - bungacha 34 yoshli Maxachev yengil vazn toifasida chempion bo‘lgan.
Maxachev MMAdagi 28-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Unda bitta mag‘lubiyat ham bor. Maddalena uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Unda 18 ta g‘alaba bor.