Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Islom Mahachev: "Tramp, Oq uyni och, men ketyapman!"

Islom Mahachev: "Tramp, Oq uyni och, men ketyapman!"

Rossiyalik yakkakurashchi Islom Mahachev UFC 322 turnirining markaziy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalena ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.

Rossiyalik jangchi hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi. U yarim o‘rta vazn toifasida kamarni qo‘lga kiritdi va rossiyalik birinchi ikki karra UFC chempioniga aylandi - avvalroq 34 yoshli Mahachev yengil vazn toifasida chempion bo‘lgan.

"Bu orzu, mening butun hayotim shu ikki kamar uchun. Men juda baxtliman. Bu kamarlar juda og‘ir mehnat samarasi va bu menga yoqadi. Buning uchun juda ko‘p mehnat qildim. Nyu-York, rahmat!

Qasam ichaman, hayotim o‘zgardi, endi vazn poygasi yo‘q, 5 raund to‘xtovsiz ishlay olaman, kurashaman, xohlagan ishimni qilaman. Mening rejam, bu sir emas - kurash. Donald Tramp, Oq uyni och, men ketyapman!" - dedi Mahachev oktagondagi intervyusida.

Kiritildi: 22:50 16.11.2025. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!