Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Islom Karimov xotirasi yod olindi

Islom Karimov xotirasi yod olindi

30 yanvar, Toshkent shahri. An’anadagidek, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga keng jamoatchilik yig‘ildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administrasiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.

El fidoyilarini unutmaslik, yaxshi ishlarini eslash va qadrlash millatning millatligini ko‘rsatadigan jihat. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat, ham fazilatdir.

Marosimda ana shunday ehtirom namoyon bo‘ldi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yo‘lidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi.

Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Kiritildi: 16:19 30.01.2023. O'qildi: 3385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!