Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) so‘nggi 24 soat ichida Hormuz bo‘g‘ozidan 25 ta kemaning o‘tishiga ruxsat berdi.
Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi matbuot xizmati e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida Hormuzdan 25 ta tanker, konteyner kemasi va boshqa tijorat kemalari o‘tgan. O‘tish "ruxsatnomalar olingandan so‘ng" va "IIQK dengiz floti bilan muvofiqlashtirilgan holda" amalga oshirildi.
"Har qanday qoidabuzarliklar qat’iy ravishda bostiriladi", deb qo‘shimcha qildi harbiylar.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiyani boshladilar va bir nechta shaharlarga havo hujumlarini uyushtirdilar. Bunga javoban Eron Isroil hududiga raketa hujumlarini uyushtirdi va Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy bazalariga hujum qildi.
2026 yil 8 aprel kechasi Eron, AQSh va ularning ittifoqchilari ikki haftalik sulhga kelishib oldilar. Keyinchalik Prezident Donald Tramp sulhni noma’lum muddatga uzaytirdi. 11-12 aprel kunlari Pokiston vositachiligida Islomobodda Eron va AQSh o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasiz yakunlandi.
Tehronga bosim o‘tkazish maqsadida Qo‘shma Shtatlar Eron portlarini va Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishni blokirovka qilganini e’lon qildi. Eron esa, o‘z navbatida, Fors ko‘rfaziga yo‘l olgan kemalar uchun Hormuz bo‘g‘ozini yopilishini e’lon qildi. Mintaqadagi vaziyat global energetika inqiroziga olib keldi.