Islandiyada mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashi masalasida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni start oldi. Ovoz berish 29 avgust kuni o‘tkaziladigan umumxalq referendumi bilan yakunlanadi.
Referendumda fuqarolar Islandiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha rasmiy muzokaralarni qayta tiklashi kerakmi yoki yo‘qmi, degan savolga javob beradi. So‘nggi ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, bu masalada jamiyat fikri deyarli teng ikkiga bo‘lingan.
Islandiya 2010 yilda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish muzokaralarini boshlagan, ammo 2013 yilda iqtisodiy tiklanish va baliq ovlash huquqlari bo‘yicha kelishmovchiliklar sababli jarayon to‘xtatilgan edi.
Agar referendum ishtirokchilarining ko‘pchiligi muzokaralarni qayta boshlashni qo‘llab-quvvatlasa ham, bu Islandiyaning darhol Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishini anglatmaydi. Avvalo Bryussel bilan muzokaralar yakunlanishi, so‘ngra a’zolik bo‘yicha yana bir referendum o‘tkazilishi lozim bo‘ladi.
Islandiya hozirning o‘zida Shengen hududi va Yevropa iqtisodiy hududi tarkibiga kiradi, shu bois mamlakatning Yevropa Ittifoqiga integrasiyasi boshqa nomzod davlatlarga nisbatan osonroq kechishi mumkin.