Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Islandiyada vulqon otilishi sababli sayyohlar va mahalliy aholi evakuasiya qilindi

Islandiyada vulqon otilishi sababli sayyohlar va mahalliy aholi evakuasiya qilindi

Islandiyaning Reykyanes yarim orolida yana bir bor vulqon faollashdi — otilish bugun ertalab, mahalliy vaqt bilan soat 4 larda boshlandi. Vulqon krateridan qizigan lava oqib chiqmoqda, osmonga tutun ustunlari ko‘tarilmoqda. Bu hududda 2023 yil oxiridan beri bu to‘qqizinchi vulqon otilishidir.

Xavfli vaziyat sababli qirg‘oq bo‘yidagi Grindavik shaharchasi aholisi va mashhur “Ko‘k laguna” termal kurorti mehmonlari evakuasiya qilindi. Biroq, Grindavikning taxminan to‘rt ming aholisi avvalgi otilishlardan so‘ng allaqachon o‘z uylarini tark etgan edi, hukumat esa ularning mulklarini bosqichma-bosqich sotib olmoqda.

Islandiya meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu hududda so‘nggi faollik joriy yilning aprel oyida kuzatilgan. 2021 yilgacha esa Reykyanesda deyarli 800 yil davomida birorta ham vulqon otilishi sodir bo‘lmagan. Endi esa bu yerda yangi vulqon faolligi bosqichi boshlangan.

Hozircha xalqaro aviaqatnovlarga bu holat ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Rasmiylar 2010 yilda Eyyafyadlayyokyudl vulqoni otilishi tufayli butun Yevropadagi havo qatnovi izdan chiqqan voqealar takrorlanishini kutmayotganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 18:11 17.07.2025. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!