Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Islandiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini tezlashtirishi mumkin — Politico

Islandiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini tezlashtirishi mumkin — Politico

Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zolik masalasi bo‘yicha 2027 yilga rejalashtirilgan referendumni 2026 yilda o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Nashrning manbalariga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, Islandiya avgust oyidayoq YEIga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash masalasini referendumga qo‘yishi mumkin. Mamlakat parlamenti yaqin haftalarda ovoz berish sanasini e’lon qilishi kutilmoqda.

Politico'ning ta’kidlashicha, Islandiya rasmiylari jarayonni “geosiyosiy beqarorlik davrida” tezlashtirishga qaror qilgan. Xususan, AQShning Islandiyaga nisbatan boj joriy etish qarori hamda Trampning Grenlandiyani anneksiya qilish bilan bog‘liq tahdidlari bunga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun arizani 2009 yilda, Jahon moliyaviy inqirozi avj olgan paytda topshirgan edi. O‘sha davrda mamlakatning uchta yirik banki bankrotga uchragandi. Biroq 2013 yil dekabr oyida hukumat muzokaralarni muzlatib qo‘ygandi.

Kiritildi: Bugun 16:34. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!