Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Islam Maxachev Oq uydagi turnirda jang qiladimi?

Islam Maxachev Oq uydagi turnirda jang qiladimi?

UFC chempioni Islam Maxachev keyingi jangni Oq Uyda o‘tkazish g‘oyasi haqida fikr bildirdi.

— Xabib yaqinda Oq Uydagi turnirda jang qilishingni xohlamasligini aytdi. Bu masala yuzasidan u bilan gaplashib oldingmi?

— Rostini aytsam, hali bu haqda gaplashmadik. Ba’zan Habib Abu-Dabida ham jang qilishimni xohlamasligini aytgan, chunki u yerda juda ko‘p chalg‘ituvchi omillar bor. Oq Uyda ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin. Bu kabi miqyosdagi birinchi turnir bo‘ladi-ku. Biz esa bundan keyin barcha narsani oldindan rejalashtirishimiz kerak bo‘lgan darajaga chiqdik. Masalan, Avstraliyada Volkanovskiyga qarshi jangimda bo‘lganidek. Jang davomida juda ko‘p narsalarni o‘zimizcha hal qilishga to‘g‘ri keldi. U yerda birinchi marta duch kelgan holatlarimiz ko‘p bo‘lgani uchun jang og‘ir kechdi. Balki shu narsa Xabibning shunday deyishiga sababdir. U keyingi janglarda yangi, noaniq holatlar bo‘lishini istamaydi. Biz esa hammasini odatdagi tartibda qilib borishni xohlaymiz. Hozircha Oq Uydagi turnir qanday o‘tishini bilmaymiz" — dedi Maxachev.

Kiritildi: 23:20 11.12.2025. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!