Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Islam Maxachev chempionlik kamaridan mahrum qilinishi mumkin

Islam Maxachev chempionlik kamaridan mahrum qilinishi mumkin

Engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachev o‘z kamaridan mahrum qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

ABC.es internet nashri bergan xabarga ko‘ra, Maxachev Iliya Topuriya bilan jang qilishdan bosh tortgan taqdirda chempionlik kamaridan ayriladi. Avvalroq, rossiyalik chempionning jamoasi Topuriya bilan jangga rozilik bermagandi. Bu holatda UFC Maxachevni kamaridan mahrum qiladi va vakant qolgan chempionlik unvoniga Iliya Topuriya braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi.

UFC promousheni UFC 317 turniriga aynan Islam ishtirokidagi jangni mo‘ljallamoqda. Drikus Dyu Plessining jarohati sabab uning Xamzat Chimayevga qarshi chempionlik jangi bekor bo‘lgan edi. Dana Uayt jamoasi bilan birga ushbu asosiy jangning o‘rniga boshqa qiziqroq jang izlamoqda.

Kiritildi: 10:41 24.04.2025. O'qildi: 1208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!