Fransiyada rossiyalik Olesya Shemyakova bilan bog‘liq ayanchli voqea sodir bo‘ldi.
Kabobxonalardan biriga kirgan 37 yoshli ayol adashib ofisiantga 7,7 ming frank (7,7 ming dollar) choychaqa qoldirgan. Shveysariya kabobxonasida bir chashka qahva hamda bir bo‘lak tort shuncha pul turishi aqlga sig‘maydi.
Olesya buyurtma narxi o‘rniga plastik kartochkasi PIN-kodini yozib qo‘ygan. Bechora ishsiz ayol bu xatosi haqida bankdan hisob qog‘ozi kelgandagina xabar topgan. Biroq na bank, na polisiya unga yordam bera olmadi.
Shunda ayol kabobxona rahbariyatiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Ma’muriyat uning so‘zlarini tinglab, tegishli summani qaytarib berishga va’da berdi, biroq biroz vaqtdan so‘ng u bilan aloqani butkul uzishdi.
Manba: 360tv.ru