Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

A A A
Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–275-son, 09.06.2022 y.) bilan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

Qarorga muvofiq, Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat OTM hisoblanadi.

Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

2023/2024 o‘quv yilidan Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta ko‘nikmani (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi. Bunda:

chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon DTM tomonidan amalga oshiriladi;

chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan o‘qishga kirish sinovlarida kasbiy (ijodiy) imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Institutda talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikasiya berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Institutning xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan S1 darajadan kam bo‘lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilariga ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.

2023/2024 o‘quv yilidan Institutning xorijiy tillar o‘qituvchilari S1 darajadan kam bo‘lmagan, 2024/2025 o‘quv yilidan esa mutaxassislik fanlari (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining B2 darajadan kam bo‘lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishi ta’minlanadi.

Institutga boshqa hududlardan jalb etilgan professor-o‘qituvchilar uchun uy-joy ijarasi to‘lovini kompensasiya qilishga ruxsat etiladi.

Kiritildi: 21:52 10.06.2022. O'qildi: 2826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!