Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Ishlamayotgan korxona uchun qachongacha xisobot topshirishim kerak?

Ishlamayotgan korxona uchun qachongacha xisobot topshirishim kerak?

— Xususiy korxona rahbariman, korxona 2020 yil 1 yanvar kunidan ish faoliyati to‘xtagan. Shu kunidan 2022 yil martiga qadar hisobotlarni nol balansda topshirib kelganman. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining 2022 yildagi qarori bilan menga nisbatan hisobot topshirilmagani vaj qilinib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasiga asosan 3 000 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan. Ishlamayotgan korxona uchun qachongacha xisobot topshirishim kerak?

Ismi sir tutildi

Bobomurod Karimov, jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi sudyasi:

— Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat reestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2019 yil 21 avgustdagi 704-son Qaroriga 2-ilovasi 2-bobida “To‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi va to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi – Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz holatga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi va tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari tushmaganda tijorat banklari uch ish kuni ichida u hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali ma’lumot taqdim etishi, shuningdek mazkur qarorning 2-ilovasi 2-bob 13-1-bandida – Tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar toifasiga o‘tkazilgandan keyin davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq hisobotlarini qabul qilish to‘xtatilishi belgilangan.

Yuqoridagi qaror talabiga ko‘ra, 2020 yil 1 noyabrdan xususiy korxona faoliyati harakatsiz holatga o‘tkazilib, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq hisobotlarini qabul qilish to‘xtatilishi shart. Shu sababli sizga nisbatan tayinlangan jarimani bekor qilib, ma’muriy huquqbuzarlik alomati bo‘lmaganligini sababli MJtK 271-moddasining 1-qismiga asosan tugatishinni so‘rab, korxona hisobga qo‘yilgan tumandagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishingiz tushuntiriladi.

Shuningdek bank yoki davlat soliq xizmatining harakatsizligi natijasida korxona faoliyati harakatsiz holatga o‘tkazilmagan bo‘lgan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarga shikoyat qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 11:00 06.01.2023. O'qildi: 3769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!