Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

ISHID 2017 yilda «Barselona» stadionida terakt uyushtirmoqchi bo‘lganini tan oldi

A A A
ISHID 2017 yilda «Barselona» stadionida terakt uyushtirmoqchi bo‘lganini tan oldi

«Barselona»ning uy stadioni «Kamp Nou» 2017 yilda terrorchilar nishoniga aylanishi mumkin edi.ISHID 2017 yilda «Barselona» stadionida terakt uyushtirmoqchi bo‘lganini tan oldi Bu hakda "Diario Sport" xabar qildi,.

ISHID terrorchilik guruhi a’zolari «Barselona» stadionini terakt nishonlaridan biri sifatida tanlagan. Voqea 2017 yilning 20 avgustida o‘tkazilgan «Barselona» — «Betis» uchrashuvida ro‘y berishi rejalashtirilgan.

Ushbu ma’lumotlar 2017 yilning 17 avgustida sodir etilgan Kataloniyadagi terrorchilik xurujlariga aloqador kishilarning so‘roq qilish natijasida olingan. O‘sha vaqtda 16 kishi vafot etgan va yuzlab odamlar tan jarohati olgandi.

Eslatib o‘tamiz, ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

Kiritildi: 19:45 11.11.2020. O'qildi: 3103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!