Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ish haqidan tortib bankdagi pullargacha. Bosh prokuratura navbatdagi talon-tarojliklarni ochiqladi

Ish haqidan tortib bankdagi pullargacha. Bosh prokuratura navbatdagi talon-tarojliklarni ochiqladi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov fosh etilgan jinoyatlar borasida raqamlarni keltirib o‘tgan.

Qayd etilishicha, ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 mlrd so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2,4 trln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 791 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Xabarda shuningdek, tadbirkorlarning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar haqida ham ma’lumot berilgan. Joriy yilning 9 oyida 15 ming 867 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv aniqlanib, bartaraf etildi hamda 12 ming 293 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 2 ming 821 ta muammolar ijobiy hal etildi.

2024 yilgi investisiya dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar davomida ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan ob’ektlarda 57 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar va 76,3 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olingan.

Qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 239 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 52 mlrd so‘m zarar undirildi.

Kiritildi: 12:54 20.10.2024. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!