Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Iroqlik tadbirkorlar uchun O‘zbekiston elektrotexnika salohiyati taqdim etildi

Iroqlik tadbirkorlar uchun O‘zbekiston elektrotexnika salohiyati taqdim etildi

Iroq Respublikasidan kelgan ishbilarmonlar delegasiyasi Toshkent shahrida joylashgan TEXNOPARK MCHJ faoliyati bilan tanishdi . Tashrifda Iroq Savdo vaziri Asir Dovud Salmon al-G‘urayriy ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining umumiy salohiyati, sohada amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari hamda eksportbop mahsulot turlari taqdim etildi.

Tashrif O‘zbekiston sanoati xalqaro hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Ayniqsa, Iroq bozori o‘zbek tadbirkorlari uchun eksport, investisiya va uzoq muddatli hamkorlik nuqtai nazaridan katta imkoniyatlar ochib berayotgani alohida ta’kidlandi.

Kiritildi: 20:23 13.01.2026. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!