Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Iroq Saudiya Arabistonining Sharq-G‘arb neft quvuriga qilingan dron hujumlari o‘z hududidan amalga oshirilganini tasdiqladi

Iroq Saudiya Arabistonining Sharq-G‘arb neft quvuriga qilingan dron hujumlari o‘z hududidan amalga oshirilganini tasdiqladi

Iroq hukumati mamlakat hududida dronlar uchirilgan maydonchalarni aniqladi. Ushbu hujumlar yuzasidan surishtiruvlar boshlandi, Eronga olib boruvchi uchta chegara o‘tkazish punktini yopildi.

Al Jazeera muxbiri Jek Hyuson yopilgan o‘tkazish punktlarini sanab o‘tdi. Bular Basra viloyatidagi Shalamcha, Maysan viloyatidagi ash-Shib va Diyala viloyatidagi Mandali punktlaridir. Nashr manbalariga ko‘ra, Iroq hukumati hujumni sodir etganlar Eronga qochib ketishi ehtimolidan xavotirlanib, chegara punktlarini yopishni buyurgan.

Al Jazeera jurnalisti, shuningdek, Maysan viloyatining janubi-sharqidagi at-Tayyib chegara hududi ham yopilganini aytdi. Bunga hududda dron uchirish qurilmalari aniqlangani sabab bo‘lgan. Hozir u yerda qidiruv ishlari olib borilmoqda.

"Iroq bosh vaziri Ali al-Zaydiy Eronning chegara yaqinida dronlarni uchirish platformalari topilgani bo‘yicha qo‘shma tekshiruv o‘tkazish haqidagi so‘rovini ma’qulladi", — deb xabar berdi Iroq Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni matbuot kotibi Saboh an-No‘mon.

Bayonotda dronlar qayerdan topilgani va ularning soni haqida qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilmagan. Biroq bosh vazir idorasi avvalroq hujum Maysan viloyatidan boshlanganini ma’lum qilgandi. Al-Zaydiy u yerdagi harbiy qo‘mondonni ishdan bo‘shatgan.

10 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining Ho‘rmuz bo‘g‘ozini aylanib o‘tuvchi asosiy neft quvuri hisoblanuvchi Sharq-G‘arb quvuriga dronlar bilan hujum qilingandi. Ertasi kuni Saudiya Arabistoni ehtiyot chorasi sifatida quvur faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. AQSh prezidenti Donald Tramp quvurga qilingan hujumlar ortida Eron turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Kiritildi: 12:42 13.09.2026. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!