Iroq rasmiylari Eron, Iroq va Fors ko‘rfazi arab davlatlari o‘rtasidagi uchrashuvlar formatini qayta tiklashni taklif qilishdi va Bag‘dodda bunday muzokaralarni o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Bu haqda Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn eronlik hamkasbi Abbos Arag‘chi bilan uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi.
"Muzokaralar davomida biz Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Iroq va Eron o‘rtasidagi uchrashuvlar formatiga qaytishni taklif qildik", dedi u.
Husaynning so‘zlariga ko‘ra, Bag‘dod bunday uchrashuvni o‘tkazishga tayyor. Vazir shuningdek, Iroq Qo‘shma Shtatlar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishini, ya’ni Tehron va Vashington o‘rtasidagi qarama-qarshilikka chek qo‘yishga hissa qo‘shishi mumkinligini ta’kidladi.