Bu haqda mamlakat bosh vaziri maslahatchisi Munir Xaddad ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, Iroqda korrupsiyada gumonlanib 47 kishi qo‘lga olindi, ular orasida amaldorlar va parlament a’zolari bor. Bu operasiyaga 2003 yildan keyingi holatlar kiritilgan.
"Misol uchun, qo‘lga olinganlardan birining xotini 50 million dollarga kvartira sotib olgan, shuningdek, bir nechta amaldorlar ham hibsga olingan bo‘lib, ularning har birida o‘zlari yoki qarindoshlari nomiga rasmiylashtirilgan 50 tadan ortiq kvartira mavjud", — dedi Xaddad INA agentligi bilan suhbatda.
Uning qayd etishicha, hibsga olinganlarning aniq soni ortib boryapti, chunki qo‘lga olishlar to‘liq maxfiylik sharoitida har kuni amalga oshirilmoqda.