Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Irlandiya klubi futbolchi bilan tuzgan shartnomasini 4 kun o‘tib bekor qildi

Irlandiya klubi futbolchi bilan tuzgan shartnomasini 4 kun o‘tib bekor qildi

Zimbabve terma jamoasi himoyachisi Takudzva Marudzu Irlandiyaga yetib kelganidan so‘ng supermarketdan oziq-ovqat o‘g‘irladi.

Mahalliy "Kerri" jamoasi ularga bunday xorijlik futbolchi kerak emas, degan qarorga kelib, afrikalikni haydab yubordi. Klub yangi kelgan futbolchi bilan do‘stlashib, unga ovqat o‘g‘irlashda yordam bergan madagaskarlik darvozabon bilan ham shartnomani bekor qildi.

21 yoshli futbolchi jamoa uchun yaxshi xarid bo‘lib ko‘ringandi, chunki u "Xaddersfild" jamoasining bir bo‘lagi edi. Shuningdek, Marudzu Zimbabve terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati saralashida qatnashardi.

Kiritildi: 20:04 04.08.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!