Bu borada prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investisiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni berildi,- deyiladi xabarda.