Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan o‘z arizasiga ko‘ra kuyidagilar lavozimlaridan ozod etildi:
Adliya katta maslahatchisi Inoyat Rahmatullayevich Shukurov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi va Departament organlaridan bo‘shatildi.
Adliya katta maslahatchisi Muhammadjon Nabijonovich Ruzmatov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi va Departament organlaridan bo‘shatildi.