Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Iordaniyada yuzlab siyosatchilar, huquqshunoslar va jamoat arboblari AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishni talab qildi

Iordaniyada yuzlab siyosatchilar, huquqshunoslar va jamoat arboblari AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishni talab qildi

Ochiq maktub mualliflari AQSh harbiylarining mavjudligini mamlakat xavfsizligi, siyosiy va iqtisodiy barqarorligiga tahdid deb baholab, Iordaniyani o‘zi ishtirok etishni istamaydigan urushga tortayotganini ta’kidlamoqda.



Nashr qayd etishicha, bu Iordaniyada norozilik kamdan-kam ochiq ifoda etiladigan sharoitdagi noyob holat hisoblanadi. Mahalliy OAVning aksariyati maktubni chop etishdan bosh tortgan, tashkilotchilar esa unga imzo chekkanlar qamoq jazosiga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Bu kayfiyatlar Eronning Iordaniyada joylashgan taxminan 4 ming nafar amerikalik harbiylarga qarshi hujumlari davom etayotgan bir paytda kuchaymoqda. Shu bilan birga, Ammon Vashington bilan ittifoqni saqlab qolmoqda. Xususan, o‘tgan yili AQSh Iordaniyaga 1,65 milliard dollar iqtisodiy va harbiy yordam ajratgan.

Kiritildi: 16:12 30.07.2026. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!