Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi

Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi

Iordaniyada Eron havo hujumi paytida urib tushirilgan bir nechta raketalar internetda sotuvga qo‘yildi. Bu haqda The Times of Israyel nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘rga, bir guruh iordaniyalik shaxslar urib tushirilgan, nisbatan yaxshi holatdagi raketalar tasvirlarini elektron savdo platformalariga joylashtirgan. Raketalarning turli qismlari va detallari sotuvga qo‘yilgan.

“Foydalanilgan Eron ballistik raketasi: yaxshi holatda” deya tavsif berilgan reklamalar “al-Sooq al-Maftouh” platformasida paydo bo‘lgan. E’lonlar ichida nafaqat Eron, balki havo hujumi paytida tutib olingan Iroq, Suriya va Yaman raketalari namunalari ham borligi aytilgan.

Ushbu e’lonlarni jamoatchilikning ko‘pchilik qismi hazil sifatida jiddiy qabul qilmagan. Fuqarolarning bir qismi bu tadbir hujum haqida xavotirga tushayotgan aholini tinchlantirish uchun amalga oshirilganini taxmin qilgan.

Reklama e’lonlaridagi narxlar ham unga qiziquvchilarni ko‘paytirgan. Iordaniya poytaxti atrofiga tushgan raketaning har bir bo‘lagi 50 Iordaniya dinori (70 dollar) narxida belgilangan. Butun boshli raketa narxi esa 120 000 dinor (170 000 dollar)gacha etib belgilangan.

Raketalar qoldiqlari, asosan, Iordan vodiysi yaqinidagi Al-Hasa va Kerak tumanlarida, shuningdek, poytaxt Ammonning Marj al-Hamam aholi punktida topilgan.

Kiritildi: 23:49 16.04.2024. O'qildi: 3713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!