Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Internetda Urganchdagi markaziy ko‘chasi bo‘ylab yalang‘och holda ketayotgan erkak videosi tarqaldi

Internetda Urganchdagi markaziy ko‘chasi bo‘ylab yalang‘och holda ketayotgan erkak videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch shahri markazida yalang‘och holda yurgan erkakning videosi tarqaldi. Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, mazkur fuqaroning shaxsi aniqlanib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tarqalgan video va suratlarda erkak kishining Urganch shahri markazida kiyimsiz holda yurgani aks etgan. Bundan tashqari, ushbu fuqaro hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari talabiga bo‘ysunmasdan, ular bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ko‘chada yalang‘och holda yurgan erkak Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1994 yilda tug‘ilgan, ilgari sudlanmagan hamda IIOda hisobda turmaydigan fuqaro ekanligi aniqlangan.

«Bugungi kunda Ichki ishlar organlari va tibbiyot xodimlari tomonidan ushbu fuqaroning ruhiy holatiga oydinlik kiritilmoqda. Holat bo‘yicha uning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Shundan so‘ng bu borada qo‘shimcha axborot beriladi», — deydi viloyati viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sardor Rahimov.

Kiritildi: 16:22 21.10.2020. O'qildi: 11664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!