Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Internet tezligi 10 barobarga oshirilgani rost, ammo...»

«Internet tezligi 10 barobarga oshirilgani rost, ammo...»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida «Telekommunikasiya sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Unda «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining tijorat masalalari bo‘yicha direktori Alisher Zufarov va boshqa mutaxassislar jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

▪️Jurnalistlarning «O‘zbekistonda internet tezligi qachon haqiqatan ham 10 martaga oshiriladi?» degan savoliga Zufarov shunday javob qaytardi:

«O‘zbektelekom» AK tomonidan Xalqaro paketli kommutasiya markazi komplekslari modernizasiya qilindi va shu tariqa XPKM komplekslarining umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 marta: o‘zgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha o‘sdi. Bu — O‘zbekistonda internet tezligi 10 marta yaxshilandi, deganidir. Endi esa kabellar va boshqa internet qurilmalarini yangilash, ana shu tezlikka moslash kerak. Buning uchun 4 ming kmdan ortiq mis kabellari yangilandi, XDSL texnologiyasi bilan xizmatlar sifati yaxshilandi. Joriy yilning birinchi choragida 2 ming 408ta ko‘p qavatli uylar, 1108ta umumiy ta’lim maktablari zamonaviy aloqa xizmatlari bilan ta’minlandi. 

2019 yil boshidan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa ijtimoiy ob’ektlar uchun GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikasiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bugungi kunda umumiy hajmi 54272 portga ega VDSL qurilmasini o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlarida 146,944 portga ega GPON qurilmasini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda va 2019 yilning ikkinchi choragida ishga tushiriladi. Joriy yilning uchinchi choragida umumiy quvvati 600 mingdan ortiqni tashkil etgan GPON texnologiyasidan foydalangan holda qo‘shimcha qurilmalar bepul yetkazib berish rejalashtirilgan».

▪️O‘zbekiston internet reytingida qachon ko‘tariladi?

«O‘zbektelekom» matbuot kotibi Aleksandr Suchkovning aytishicha, O‘zbekiston aslida reytingda ancha yuqori o‘rinda bo‘lishi kerak. Chunki qo‘shni mamlakatlarda masalan, 4G internetning o‘zi yo‘q.

«Ayrim reytinglarni ko‘rib, nega bu qadar past pog‘onada ekanimizga o‘zimiz ham hayron qolamiz», – dedi Aleksandr Suchkov.

▪️Internet tezlashganini aholi nima uchun sezmayapti? Chunki ularning uylariga, ofislariga o‘rnatilgan qurilmagan bu tezlikka javob bermaydi. Tasavvur qiling: sizga trassada soatiga 200 km tezlik bilan harakatlanish ruxsat etilgan bo‘lsayu sizning transportingiz bu tezlikka moslashmagan bo‘lsa, befoyda. Avval qurilmani almashtirish kerak».

Kiritildi: 09:27 05.06.2019. O'qildi: 3330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!