"Inter Mayami"ning Perudagi uchrashuviga 90 ming tomoshabin tashrif buyurdi.
"Inter Mayami" o‘rtoqlik uchrashuvida "Universitario"ni mag‘lub etdi (0:0, penaltilar bo‘yicha 5:4).
Amerika jamoasi hujumchisi Lionel Messi maydonga asosiy tarkibda tushdi va 73 daqiqa harakat qildi va shundan so‘ng zaxiraga olindi.
O‘yin Lima shahridagi "Monumental" stadionida bo‘lib o‘tdi va stadion butunlay to‘ldi. Uchrashuvga 90 ming muxlis tashrif buyurdi.