Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

“Inter” — “Barselona” uchrashuvida milanlik muxlisning yurak urishi to‘xtab qolgan

“Inter” — “Barselona” uchrashuvida milanlik muxlisning yurak urishi to‘xtab qolgan

Milanning “Inter” klubining ashaddiy muxlislaridan biri Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinida yurak urishi to‘xtab qolishi sababli shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan. Bu haqda FCInter1908 nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, voqea “Inter” va “Barselona” o‘rtasidagi (4:3) uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida sodir bo‘lgan. Taxminan 40 yoshdan oshgan erkak hushini yo‘qotib, yerga qulagan. Hodisa joyida unga shifokorlar tomonidan zudlik bilan tez-tibbiy yordam choralari ko‘rilgan va uning yurak urishi tiklangan.

Shundan so‘ng bemor farmakologik koma holatiga tushgan va shifoxonaga olib ketilgan. Bugun, 8 may kuni u hushiga kelishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, milanliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 7:6 hisobida g‘alaba qozonib, dastlabki finalchiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda “PSJ” bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:45 08.05.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!