Milanning “Inter” jamoasi UYEFA Chempionlar Ligasi doirasida o‘z maydonida 972 kundan beri mag‘lubiyatga uchramayapti. Bu haqda “Chempionat” nashri xabar berdi.
“Neradzurrilar”ning Yevropa miqyosidagi so‘nggi uy mag‘lubiyati 2022 yil 7 sentyabrda qayd etilgan — o‘shanda “Inter” “Bavariya”ga 0:2 hisobida yutqazgan edi. O‘sha paytda ham jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi edi, bugun ham shunday.