Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Insoniyat tarixida birinchi marta yadro quroli qo‘llanilgan kun: Hirosimaga atom bombasi tashlanganiga 80 yil to‘ldi

Insoniyat tarixida birinchi marta yadro quroli qo‘llanilgan kun: Hirosimaga atom bombasi tashlanganiga 80 yil to‘ldi

1945 yil 6 avgustda erta tongda Yaponiya havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari Hirosimaga AQSh jangovar samolyotlarining kichik guruhi yaqinlashyotganini payqagan, biroq qo‘mondonlik ularni urib tushirish qarorini qabul qilmagan.

Oqibatda Qo‘shma Shtatlar B-29 Enola Gay bombardimonchi samolyoti hech qanday qarshilikka uchramay, shahar markazidan uchib o‘tgan va “Kichkintoy” deb nomlangan yadro bombasini shaharga tashlagan.

Bomba portlashi oqibatida 100 mingga yaqin kishi bir zumda halok bo‘lgan. 1945 yil oxirigacha qurbonlar soni 140 minggacha oshgan, yana o‘n minglab odamlar bir necha o‘n yillar davomida nurlanish oqibatidan aziyat chekib yashagan.

Hirosima shahri yadroviy zarba berish uchun bejiz tanlanmagan. Chunki bu shahar maksimal darajada qurbonlar va vayronagarchiliklarga erishishga imkon beruvchi barcha mezonlarga mos kelgan. Shahar tog‘lar qurshovidagi tekislikda joylashgan bo‘lib, past va yengil alangalanuvchi yog‘och inshootlardan iborat bo‘lgan. Yadro bombardimoni oqibatida Hirosima butunlay vayron bo‘lgan.

Kiritildi: 19:06 06.08.2025. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!