Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“INSON” AJ sug‘urta tashkilotiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

“INSON” AJ sug‘urta tashkilotiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Raqobat qo‘mitasiga iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha haydovchilar soni “CHEKLANMAGAN” holda foydalanish sharti bilan “INSON” AJ sug‘urta tashkiloti tomonidan rasmiylashtirilgan elektron sug‘urta polislari bo‘yicha transport vositasi egasining yaqin qarindoshlarining javobgarligi uchun sug‘urta tovoni to‘lab berilmayotganligi aniqlangan.

ℹ️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) ushbu transport vositasidan mustaqil foydalanishi va boshqarishi mumkinligi belgilangan. Mazkur harakat uchun ishochnoma talab qilish tartibi 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab bekor qilingan.

❗️ Shunga qaramasdan, sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta tovoni to‘lab berilmagan.

❗Mazkur holat bo‘yicha Qo‘mita tomonidan “INSON” AJ sug‘urta tashkilotiga nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasi buzilishi alomatlari yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 16:21 11.07.2024. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!