Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

InSight qurilmasi Marsga qo‘ndi va u yerdan ilk suratni jo‘natdi (foto+video)

InSight qurilmasi Marsga qo‘ndi va u yerdan ilk suratni jo‘natdi (foto+video)

InSight qurilmasi Mars ekvatori yaqinidagi Eliziy tekisligiga muvaffaqiyatli qo‘ndirildi va NASA’ning uzoq aloqa tizimlari bilan bog‘landi.

"Kun" nashrining yozishicha, qurilma Qizil sayyoraning qa’ridagi jarayonlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan ilk qurilma bo‘lib, uning bortida seysmograf, geofizik termometr bor. Termometr Marsda burg‘ilanadigan 5 metrlik quduqda sayyora qa’ridagi harorat o‘zgarishlarini o‘lchash uchun o‘rnatiladi. Zonddagi qurilmalardan biri sayyora aylanishi tebranishlarini yuqori aniqlikda kuzatib boradi, bu sayyora qa’rida massaning taqsimlanishini aniqlash va uning ichki tuzilishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Qurilmani qo‘ndirish Toshkent vaqti bilan soat 00:47da boshlangan va 6 daqiqadan keyin u sayyora sirtiga qo‘ndirilgan. 350 kg og‘irlikka ega qurilma qo‘nishi vaqtida katta yuklamalarni his qildi. U Mars atmosferasiga soatiga 20 ming kmga yaqin tezlik bilan kirib, so‘ngra yumshoq qo‘nish uchun qisqa vaqt ichida bu tezlikni 10 martadan ko‘proqqa tushirdi. Bu vaqt ichida qurilmaning issiqdan himoyalovchi panellari 1000 daraja issiqqacha qizigan.

“Qurilmaning barcha tizimlari joyida, shikoyatlar yo‘q”, deb ma’lum qilishgan NASA vakillari. 

Qurilma Qizil sayyoraga qo‘ngandan bir necha daqiqa keyin Yerga u yerdan ilk suratni jo‘natdi. Suratda chang zarralari va sayyora ufqi tasvirlangan.

Parvoz dasturiga ko‘ra, keyingi bosqichda qurilmaning quyosh batareyalari ochilishi rejalashtirilgan. Ushbu operasiya 4 soat davomida bajarilishi kutilmoqda.

NASA o‘z saytida qurilmaning qo‘ndirilishini jonli tarzda namoyish qilib bordi.

InSight NASA tomonidan oxirgi 20 yil ichida Marsga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan 4-modul bo‘ldi.

Kiritildi: 10:04 27.11.2018. O'qildi: 1943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!