Yurgen Klopp hamon "Real"da Karlo Anchelottining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar qatorida bormoqda.
Germaniyalik mutaxassis o‘tgan yilning yozida "Liverpul"ni tark etib, murabbiylikdan ketgan, yanvar oyidan esa Red Bull futbol bo‘limida direktor lavozimini egallagandi. Mish-mishlarga ko‘ra, Klopp "Real"dan taklif olsa, murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.
"Klop nomzodmi? Men bu haqda hech narsa eshitganim yo‘q. Men Xabi Alonso "tanlangan" deb hisoblanishini va eng ehtimoliy variant bo‘lib qolayotganini bilaman," - dedi taniqli insayder Mario Kortexana.
Karlo Anchelotti may oyi oxirida "Real"ni tark etadi.