Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ingushetiyada kriminal triller davom etmoqda

Ingushetiyada kriminal triller davom etmoqda

Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Ingushetiyada polisiyachilarni otib o‘ldirgan jinoyatchilar qochib ketgan deb taxmin qilinayotgan yonib ketgan VAZ-99 avtomobili topildi.

Respublikada hujumchilarni qidirish uchun "Ushlash" rejasi e’lon qilindi.

***

Halok bo‘lganlar Ingushetiyadagi Ekstremizmga qarshi kurash markazi rahbari o‘rinbosari Adam Xamxoyevning qo‘riqchilari bo‘lgan. Uning o‘zi ham mashinada bo‘lgan, biroq jarohat olmagan.

Ilgari bu urinish Xamxoyevga nisbatan qilingan va u barbod bo‘lgandi. Otishma sodir etganlar yoqilg‘i quyish shoxobchasida ularning mashinasini kutishgan. Bu Xamxoyevning hayotiga qilingan beshinchi suiqasddir, deb yozadi Rossiya telegram kanallari.

***

Ingushetiyada federal avtomobil yo‘lida Magasga kiraverishda noma’lum shaxslar "E" markazi xodimlarini olib ketayotgan avtomobilni o‘qqa tutishgan. Davlat ommaviy axborot vositalari uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

Mahalliy telegram kanallarining ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha kishi avtomobilga qarata o‘t ochgan, so‘ngra noma’lum tomonga qochib ketishgan. Hozirgi paytda ular qidirilmoqda.

Bazaning xabar berishicha, o‘q otish 99-modelga tegishli kumushrang "Lada"dan amalga oshirilgan. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qqa tutilgan avtomobilga Ingushetiya "E" markazi rahbarining o‘rinbosari Adam Hamxoyev ham mingan ekan. U jarohat olmagan.

Kiritildi: 17:36 12.10.2024. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!